Samarqand davlat universitetiga Huawei kompaniyasining O’zbekistondagi strategik loyihalar departamenti rahbari Ruslan Boltayev boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolarini SamDU xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Akmal Axatov qabul qildi.

    Tashrifdan asosiy maqsad Huawei kompaniyasining Axborot kommunikatsiya texnologiya akademiyasini Samarqand davlat universitetida joriy etishdir. Ya’ni, ushbu akademiyada sun’iy tafakkur, ma’lumotlarni saqlash, axborot xavfsizligi, ma’lumotlar bazasi, yangi aloqa turlari, kompyuter tarmoqlari kabi yo’nalishlar mavjud bo’lib, universitetdan maxsus tanlangan rus tili va ingliz tilini biladigan mutaxassislarni tayyorlab, ular yordamida o’qituvchi va talabalarni o’qitish nazarda tutilgan.

    Shuningdek, Huawei kompaniyasining asbob-uskunalaridan foydalanish, muqobil energiya manbalarini Samarqand davlat universitetida joriy qilish masalalari ko’rib chiqildi. Kelajakda SamDU olimlari bilan quyosh bateriyalar asosida muqobil energiya ishlab chiqarish rejalari kelishildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati