Samarqand davlat universiteti botanika kafedrasi o‘qituvchisi Akbar Ahmedov Isroilning Vaysman ilm-fan institutida stajirovka o‘tadi…

Ikki oylik stajirovka davomida o‘simliklar va izotoplar ekologiyasi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bordi. Ushbu tadqiqotlar bo‘yicha Isroilning noyob cho‘l, adir va tog‘ ekotizimlarida ekspeditsiyalar uyushtirildi. Shuningdek, ushbu universitetning daraxtlar laboratoriyasi mudiri, professor Tamir Klein bilan birga O‘rta yer dengizi florasi bo‘yicha tajriba o‘tkazdi.
Tadqiqot davomida yulg’un o‘simliklarining (Tamarix negevensis, Tamarix nilotica, Tamarix aphylla) namunalari yig’ilib, uning qurg’oqchilikka, tuzga chidamlilik xususiyatlarini o‘rganish maqsadida Germaniyaning Trier universiteti Geobotanika laboratoriyasiga yuborildi.
- Ilmiy grant asosida Vaysman ilm-fan institutida ikki oylik stajirovka o‘tash uchun Isroilga davlatida bo‘ldim, - deydi SamDU botanika kafedrasi o‘qituvchisi Akbar Ahmedov. – Bu yerdagi muhit menga juda yoqdi. Ikki oylik tadqiqot davomida samarali natijalarga erishdim. Qolaversa, Vaysman ilm-fan institutining o‘simliklar ekologiyasi fakultetida ikki oy O‘rta Osiyo mintaqalaridagi bozulbang o‘simligi bo‘yicha seminar darslarini olib bordim. Hamkasblarimiz bilan doimiy fikr almashib, istiqboldagi rejalarni belgilab oldik. Shuningdek, tadqiqotlar natijasi bo‘yicha ilmiy maqola tayyorlanmoqda ...
Behruz Shamsiddinov
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.