Samarqand davlat universitetiga Turkiyaning Pamukkale universiteti rektori, professor Ahmet Kutluxan boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Martabali mehmonlarni xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Akmal Axatov va Samarqand davlat universitetining Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti direktori Toshpo‘lat Rajabov qabul qildi.

    Tashrifdan asosiy maqsad xalqaro hamkorlik aloqalarini va Erasmus dasturi bo‘yicha talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yishdir. Shuningdek, agrobiotexnologiya, agrar, urug’chilik ginetikasi sohalarini rivojlantirish maqsadida doimiy hamkorlik qilish ko‘zda tutilgan…

    - Pamukkale universiteti 1992-yilda tashkil etilgan bo‘lsada, ko‘p yillik tarixga ega, qadimiy ta’lim maskanidir, - deydi professor Ahmet Kutluxan. – Mazkur universitetda 20 fakultet bo‘lib, 45 ming talaba tahsil oladi. Asosan qishloq xo‘jaligi sohasiga yo‘naltirilgan bo‘lib, 38 tadqiqot markazi va 256 laboratoriyalari mavjud. Pamukkale universiteti tarkibida 6 ta institut va 17 kasb-hunar maktabi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Tibbiyot, agrar, urug’chilik, muhandislik, iqtisod, tabiiy, ijtimoiy fanlar, san’at, pedagogika va texnik sohalar kabi turli yo‘nalishlarda 90 dan ortiq bakalavr, 150 dan ortiq magistrlik, va 50 dan ortiq doktorantura dasturlari mavjud. Bugungi tashrifdan asosiy maqsad agrobiotexnologiya, agrar, urug’chilik ginetikasi sohalari bo‘yicha hamkorlikda yetuk mutaxassislarni tayyorlash. Ayniqsa urug’chilik ginetikasi bo‘yicha so‘nggi rusumdagi zamonaviy texnologiyalarga ega laboratoriyalarimiz mavjud. Agar ushbu soha bo‘yicha hamkorlikda ishlasak yangi va sermahsul urug’ navlarini yaratishimizga ishonaman...

    Shuningdek, uchrashuv so‘ngida Samarqand davlat universitetining professor-o‘qituvchi va tadqiqotchilari tajriba almashish uchun Pamukkale universitetiga borishga kelishishdi…

Behruz SHAMSIDDINOV

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.