Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida bugungi kunda ta’lim turizmi uchun qulay muhit yaratish borasida muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Asosiy maqsadi chet tilini “immersion” usulda o’rganish bo’lgan til sayohati talabalar orasida eng keng tarqalgan ta’lim turizmi turidir.

    Ta’lim turizmi tufayli talabalar yangi bilimlarga ega bo’ladilar va mavjudlarini mustahkamlaydilar, dunyoqarashlarini rivojlantiradilar, do’stlar orttiradilar va xorijda dam olish imkoniyatiga ega bo’ladi.

    Joriy o’quv yilining mart oyida Germaniyaning turli oliy o’quv yurtlaridan kelgan o’zbek va nemis talabalarining rus tilida ilmiy, ma’rifiy va norasmiy madaniyatlararo muloqotiga ko’maklashish maqsadida “til, madaniyat va tarix” xalqaro Osiyo maktab-seminari ta’lim turizmi formatida bo’lib o’tdi.

    Rus tilidagi darslarda til funksiyalarini ko’rib chiqishda “til, madaniyat va tarix” maktab-seminarining tinglovchisi, Germaniyaning Dortmund shahridagi Texnika universiteti iqtisodiyot va ingliz tili fakulteti talabasi Anjelina Yashina tilning interlingvistik funksiyasi namoyon bo’lishini rus tili orqali o’zbek tilidagi nemis so’zlarining moslashuvi misolida asosladi. U o’zining “Самаркандский Вестник” gazetasida chop etilgan maqolasida nemis tilidagi o’zlashtirilgan so’zlarning o’zbek tiliga kirib kelishi xususida salmoqli asoslarni keltirgan. Mazkur talabaning “O’zbek tilida nemis so’zlarining moslashuvi” nomli maqolasi Germaniyada chop etildi  (Development of science in The XXI century. Dortmund, Germany, 2023 https://zenodo.org/record/7798102#.ZHXUnaGbFdv )

    Xulosa qilib aytganda, ta’lim turizmi oliy o’quv yurtlari talabalari o’rtasida o’zaro do’stlik va ilmiy hamkorlik uchun intellektual asos bo’lish bilan bir qatorda xalqaro maydonda universitet mavqeyini mustahkamlashga yordam beradi.

Antonina Shcherbak
Filologiya fanlari doktori,
SamDU rus tili kafedrasi professori