Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi prezidenti Samarqand davlat universitetida…
Samarqand davlat universitetiga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi prezidenti, akademik Behzod Yuldashev tashrif buyurdi.
Martabali mehmonni Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi Rustam Xolmurodov kutib olib, SamDU Muhandislik fizikasi instituti va yangi tashkil etilayotgan Biokimyo instituti faoliyati bilan tanishtirdi.
O’zR FA prezidenti Behzod Yuldashev Nobel mukofoti laureati Aziz Sanjar nomidagi “Zamonaviy analiz usullari” ilmiy tadqiqot laboratoriyasi, gazlar analizi, umumiy va noorganik kimyo, optik analiz usullari, fizikaviy kimyo, biologik faol birikmalar sintezi ilmiy laboratoriyalarini koʻzdan kechirdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.