Samarqand davlat universiteti huzuridagi Turkologiya ilmiy-tadqiqot institutida turkiyalik jurnalist Muhammad Ro‘ziboy tomonidan yozilgan “Aziz Sanjar bilan 7 kun” nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

    Asarda dunyo miqyosida tan olingan, Nobel mukofoti sovrindori, AQSH ning Shimoliy Karolina universiteti professori, buyuk turk olimi Aziz Sanjarning Samarqandga tashrifi, bu yerda o‘tkazgan uchrashuvlari, olib borgan ilmiy va ma’rifiy faoliyati batafsil bayon etilgan.

    Kitobda Aziz Sanjarning nafaqat ilm-fan sohasidagi yutuqlari, balki uning yoshlarga, ayniqsa, O‘zbekiston talaba-yoshlari va olimlariga bergan tavsiyalari,  fikr-mulohazalari ham o‘z ifodasini topgan. Muallif Muhammad Ro‘ziboy ushbu asarda voqealarni jonli tasvirlar, tarixiy manbalar va shaxsiy suhbatlar asosida yoritishga harakat qilgan bo‘lib, kitob o‘quvchida chuqur taassurot uyg‘otadi.

    Taqdimot marosimida Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti dekani, professor Jo‘liboy Eltazarov, ilmiy-tadqiqotlar va innovatsion rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i professor Hakim Xushvaqtov, Turkiya Respublikasining Samarqanddagi Bosh konsulligi vakillari, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rahbariyati, shuningdek, ko‘plab tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdilar.

    Tadbir davomida ishtirokchilar kitobning mazmun-mohiyati, uning yosh avlodga ilmga bo‘lgan mehr va fidoyilik ruhini singdirishdagi o‘rni haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.

    Ma'lumot uchun, Nobel mukofoti lauereati Aziz Sanjar, Samarqand davlat universiteti rektori, O'zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a'zosi Rustam Xolmurodov taklifiga binoan 3 marta Samarqadda bo'ldi...