Samarqand davlat universitetida yoshlar bandligini ta’minlash, munosib ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek, mehnat bozoridagi ehtiyojlar bilan tanishtirish maqsadida “Karyera kuni – mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov, viloyatdagi yirik korxona va tashkilotlar, banklar, xususiy sektor vakillari hamda turli soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Yarmarka doirasida talabalar va bitiruvchilar o‘z mutaxassisliklariga mos bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot olish, ish beruvchilar bilan suhbatlashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Tadbir davomida universitet rahbariyati, ish beruvchilar va talabalar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etilib, yosh mutaxassislarni ishga joylashtirish, amaliyot bazalarini kengaytirish, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Bu kabi tashabbuslar universitet bitiruvchilarining mehnat bozoriga muvaffaqiyatli kirib borishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati