“Milliy qadriyatlar – jamiyat barqarorligi kafolati”

Samarqand davlat universitetida shu nomli tadbir o‘tkazildi. Anjumanda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi ekspertlar komissiyasi a’zosi Jamila Shermuhamedova, Respublika “Oqila ayollar” harakati a’zosi Gulshan Asatova, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bosh mutaxassisi To’linoy Qodirova, Samarqand viloyati hokim o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zebo Saidovalar ishtirok etdi. Tadbirni SamDU xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, dotsent Sharofat To‘xlieva olib bordi.
Tadbirda jamiyat taraqqiyotida xotin-qizlarning, xususan, ilmli, ma’rifatli, tadbirkor ayollarning o‘rni, gender tenglik, oilada, jamiyatda ayollar faolligini yanada oshirish, qizlarimizning erta turmushga chiqishining oldini olish uchun, qarindoshlik nikohining salbiy oqibatlari haqida ma’ruzalar tinglandi. Tadbir so‘nggida “Ayol ma’rifati” harakati va bu harakatning istiqbol rejalari xususida o‘rtoqlashildi. “Ayol ma’rifati” harakatining viloyatdagi rahbari Samarqand davlat universiteti dotsenti Orziboni Yusupova nomzodi ma’qullandi. Bu harakat “Oqila ayollar” kabi Respublika va viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmalarining qanoti bo‘lishi ta’kidlandi.