Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
Bugun Samarqand davlat universiteti matematik fizika va funksional analiz kafedrasi dotsenti Olimjon Mahmudovning tug’ilgan kuni.
Fizika-matematika fanlari nomzodi Olimjon Mahmudov 1958-yil Samarqandda tug’ilgan. 65 yoshni qarshi olgan olim 45 yildan buyon SamDU da turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Samarqand davlat universiteti jamoasi tug’ilgan kun sohibini bugungi kun munosabati bilan tabriklab, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.
Samarqand davlat universiteti
Faxriylar Kengashi