Samarqand davlat universitetida Saemaul Undong ilmiy tadqiqot markazi ochiladi…
Samarqand davlat universiteti va Koreyaning Yeungnam univeristeti bilan ZOOM platformasi orqali uchrashuv o’tkazildi. Onlayn o’tkazilgan yig’ilishda tomonlar o’rtasida Saemaul (yangi mahalla) iqtisodiy taraqqiyot yo’nalishida 2+2 qo’shma ta’lim dasturlarini tuzish, SamDU da Saemaul Undong ilmiy tadqiqot markazini tashkil etish bo’yicha muzokaralar olib borildi.
Shuningdek, SamDU talabalarini Yeungnam univeristetiga grant asosida magistraturaga o’qishga yuborish masalalari kelishib olindi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.