Samarqand davlat universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi davom etmoqda…
Samarqand davlat universitetida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, shoirlar Amir Xudoyberdi, Gulandom Tog‘ayeva, Alisher Boymurodovlar ishtirokida tadbir o'tkazildi.
Tadbirni SamDU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Rustam Yo‘ldoshev kirish so‘zi bilan ochdi.
Mehmon ijodkorlar o‘zining hayot yo‘llari haqida so‘zlab, she’rlaridan o‘qib berdi. Ustozlari haqidagi xotiralarini yodga olishdi. Samarqand davlat universitetining ta’lim tizimidagi o‘rni haqida alohida to‘xtaldi.
Ijodkorlar hayotda muvaffaqiyatlarga erishishning yagona yo‘li faqat ilm olish ekanligini hayotiy misollar orqali ifodalab berdi.
Tadbir davomida talabalar mehmonlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarini yo‘llab, javoblar olishdi.
Mazkur loyiha doirasida adiblarning asarlariga bag‘ishlangan onlayn viktorina, “Munozara” klubi, “Zakovat” intellektual o‘yini, spektakl, mushoira kechasi va chellenjlar uyushtirilmoqda. Shuningdek, “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish, gulxan atrofida suhbat va adiblar bilan fotosessiya tashkil etish rejalashtirilgan.
Ijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar davom etadi…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.