Bayram munosabati bilan Samarqand davlat universiteti professor-o’qituvchilari uchun erta tongdan bayram dasturxoni yozildi. 
Undan so’ng universitet faollar zalida tantanali tadbir o’tkazildi. Ilm-fanda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgan, xalqaro miqyosda universitet shon-shuhratini yuksalishiga, taʼlim-tarbiya sifatini yana-da yaxshilashga munosib hissa qo‘shgan bir guruh olimlarga  Faxriy yorliq va pul mukofotlari  topshirdi. 
Shuningdek, bir qator o’qituvchilarga universitet Kasaba uyushmasining qimmatbaho sovg’alarini ajratilganligi eʼlon qilindi.
Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirining buyrug’iga asosan 10 ga yaqin professor-o’qituvchiga “Oliy ta’lim a’lochisi” ko’krak nishoni va faxriy yorlig’i topshirildi.
Ustozlar bayrami   san’atshunoslik ta’lim yo’nalishi talabalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar bilan davom etdi.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat AKRAMOv olgan suratlar.