Samarqand davlat universiteti professori,

Filologiya fanlari doktori

S.A. Karimovga!

 

    Hurmatli Suyun Amirovich!

    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Farmoniga binoan o‘qituvchi va murabbiylar bayrami arafasida “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” unvoniga sazovor bo‘lganingiz bilan samimiy tabriklayman. Uzoq umr, sihat-salomatlik, ilmiy ishlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

    Siz Samarqand davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, professor Rahmatullo Qo‘ng‘urov ishlarining davomchisi sifatida ham yuksak ehtiromga loyiqsiz. Ustozining, ota-onasining chirog‘ini yoqqan, rozi qilgan inson hech qachon kam bo‘lmaydi. Hamisha eʼtiborda, eʼzozda yashaydi.

    Siz Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi maktabining asoschilari Ulug‘ Tursunov, Rahmatullo Qo‘ng‘urov, Xudoyberdi Doniyorov, Hamdam Berdiyorov kabi ulug‘ olimlar ishining davomchisi sifatida ham hurmatga loyiqsiz.

    Siz tomoningizdan yozilgan monografiyalar, darsliklar, ilmiy maqolalar, tuzilgan lug‘atlar, ilmiy jamoatchilik tomonidan ham yuqori baholanib kelmoqda.

    Sizga berilgan unvon butun samarqandlik olimlarga ko‘rsatilgan hurmat belgisidir.

    Alloh umringizga, rizqingizga, ilmingizga baraka bersin. Hamisha Allohning panohida bo‘ling!

 

Rustam Xolmurodov,

Samarqand davlat universiteti rektori,

O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi,

Oliy Majlis Senati aʼzosi.