Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti dekani, professor Jo’liboy Eltazatov Turk Tili Akademiyasining Qurultoyida ishtirok etmoqda…
Shu kunlarda Turkiya Respublikasi poxtaxti Anqara shahrida buyuk yo’lboshchi Mustafo Kamol Otaturk tomonidan 1932-yilda asos solingan Turk Tili Akademiyasining (Türk Dil Kurumu - TDK, 1932) navbatdagi X Qurultoyi bo’lib o’tmoqda.’
Turk Dil Kurumu o’z sohasida dunyodagi eng obro’li ilmiy muassalardan biri bo’lib, u Turk tili va dunyodagi boshqa turkiy tillarni o’rganish, ommalashtirish va tasviq etish bilan shug'ullanadi.
Turkiya va dunyodagi eng mashhur Turkolog-olimlarni o’z safiga birlashtirgan Turk Dil Kurumining yangidan barpo etilgan muhtasham Kampusida tashkil etilgan navbatdagi Qurultoyida dunyoning 21 mamlakatidan 167 nafar olim va tadqiqotcholar ishtirok etmoqda.
Qurultoy qatnashchilari safidan universitetimizning filologiya fakulteti dekanı, taniqli turkolog, TDK muxbir-a’zosi, professor Jo’liboy Eltazatov ham joy olgan. Olim bu yuksak anjumanda "Turkiy tillardagi grammatik kategoriyalarning tavsif va talqin etilishiga doir" mavzusida ma'ruza qildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.