Samarqand davlat universiteti genetika va biotexnologiya kafedrasi doktoranti Roza Shukrullozoda Samarqandning noyob lolalari bo’yicha tadqiqot olib bormoqda.

    Tadqiqotchi ilmiy izlanishlarida kun sayin kamayib borib, Qizil kitobga kiritilgan lolaning foster va tulipa turlariga alohida e’tibor qaratgan.

    Dissertant ushbu loyiha doirasida mazkur o’simlikni Jomboy tumanidagi "Bog'bon" in vitro laboratoriyasida ko’paytirib, yovoyyi tabiat bag’riga qaytarishni maqsad qilgan.

    Doktorant izlanishlari natijasida mazkur navlarning 1000 ga yaqin piyozlarini yetishtirdi. Urgut tumanidagi “Omonqo‘ton” milliy tabiat bog’iga ekdi.

    Samarqand davlat universiteti professor-o’qituvchilari, “Omonqo‘ton” milliy tabiat bog’i mutassadilari, Zomin milliy tabiat bog’i mutaxassislari ishtirokida mazkur loyiha aprobatsiyasi o’tkazildi. Mutaxassis olimlar o’zining fikr-mulohaza va takliflarini bildirib, tadqiqotchining ilmiy ishini qo’llab-quvvatladi.

    Ma’lumot uchun, Roza Shukrullozodaning ilmiy rahbari SamDU professori Xislat Haydarov va Andijon davlat universiteti professori Davron Dehqonov.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.