“Yil talabasi” tanlovining ilk qatnashchilari taqdirlandi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan ilk marotaba o‘tkazilgan “Yil talabasi” ko‘rik-tanlovida Samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti amaliy san’at yo‘nalishi 4-kurs talabasi Xudoyberdiyeva Hulkar Zohid qizi “Yilning ijodkor talabasi” nominatsiyasida ishtirok etib, uchunchi o‘rinni egalladi. 2019-yil 16-yanvar kuni o‘tkazilgan taqdirlash marosimida ko‘rik-tanlov g‘oliblari pul mukofoti va diplom bilan taqdirlandilar.