Samarqand davlat universiteti va Texas universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov AQShning Texas universiteti prorektori, professor Xuan Enrike Gonsales bilan uchrashdi.
Amerikalik olimga O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Anvar Zohidov hamrohlik qildi.
Muloqot davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar. Jumladan, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini tashkil etish, birgalikda seminar va konferensiyalar o‘tkazish, qo‘shma ilmiy maqolalar tayyorlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, Texas universiteti talabalari uchun Samarqand davlat universitetida qisqa muddatli o‘quv kurslarini o‘tkazish, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va stajirovkalarni tashkil etish rejalashtirildi.
Uchrashuv yakunida Samarqand davlat universiteti va Texas universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.