Samarqand davlat universitetiga Tojikistonning Fan va talim vazirligi mutassadilari hamda “Jamiyat taraqqiyoti olami” tashkiloti vakillari tashrif buyurdi.

    Muloqotda hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ilmiy tadqiqotlar olib borish, seminar va konferensiyalar o’tkazish, akademik almashinuvni yo’lga qo’yishga kelishildi.

    Uchrashuvdan so’ng mehmonlar SamDU psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakultetida bo’lishdi. O‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda ikki tomonlama ilmiy va amaliy tajriba almashinuvi masalalari muhokama qilindi, mehmonlar tomonidan mahorat darslari o‘tkazildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.