Samarqand davlat universiteti Dubna universiteti bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi…

O’zbekistonda Yadro Tadqiqotlari birlashgan instituti kunlari munosabati bilan Samarqand davlat universitetiga Rossiyaning Dubna universiteti rektori, professor Andrey Denikin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Maratabali mehmonlar bilan Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov uchrashdi.
Muloqotda hamkorlik, tadqiqotlar olib borish va anjumanlar o’tkazish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, SamDU izlanuvchilarini Dubna universitetiga stajirovkaga yuborish rejalashtirildi.
Uchrashuv so’ngida tomonlar o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Fizik olimlar SamDU muhandislik fizikasi institutida bo’lib, talaba, magistrant va doktorantlar bilan ochiq muloqot o’tkazdilar.
Shundan so’ng, Samarqand davlat universitetidagi ilmiy faoliyat va yadro-fizikasi laboratoriyasida olib borilayotgan tadqiqotlar bilan yaqindan tanishdilar.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.