Huquq ilmi fidoyisi…

Samarqand davlat universiteti yuridik fakultetida jinoyat huquqiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi, taniqli huquqshunos Jamshid Umarovning 70 yillik yubileyi nishonlandi.
Tadbirda Samarqand davlat universiteti o’quv ishlari bo’yicha prorektorlari Ahmadjon Soliyev, Shuhrat Umidullayev va ilmiy jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Marosimida so‘z olganlar Jamshid Umarovning o‘z sohasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, huquq yo‘nalishidagi ilmiy izlanishlari yuksak baholadilar.
Jamshid Umarov o‘zining ko‘p yillik mehnat faoliyati davomida nafaqat universitetda, balki respublika miqyosida ham yuridik bilimlarni rivojlantirish, jinoyatchilikka qarshi kurashishning nazariy asoslarini ishlab chiqishda faol ishtirok etib kelmoqda.