Foydali maslahat...
Salomatlik:
1.Ko‘p suv iching.
2.Qirollarga xos nonushta qiling, shahzodalarga o‘xshab tushlik qiling, kechki taomingiz faqirona bo‘lsin.
3.O‘simliklardan paydo bo‘lgan mahsulotlarni ko‘proq tanovul qiling, zavodlarda ishlab chiqarilgan taomlarni iste’mol qilishdan tiyiling.
4.Turli xil o‘yinlar o‘ynang.
5.Ko‘p kitob o‘qing.
6.Har kuni hech bo‘lmaganda 10 daqiqa sukunatda o‘tiring.
7.Bir kunda 7 soat uxlang.
8.10-30 daqiqa piyoda yuring. Yurganda tabassum qiling.
Shaxsiyat haqida.
1.O‘z hayotingizni boshqalar bilan solishtirmang. Ularni qanday hayotni boshdan kechirishgani haqida hatto tassavvurga ham ega emassiz, ularning barcha yo‘lini bilmaysiz.
2.O‘zingiz nazorat qila olmaydigan salbiy fikrlar va buyumlarni ushlab turmang. Buning o‘rniga o‘z quvvatingizni haqiqiy ijobiy narsaga qarating.
3.Shunchaki bajarishdan nariga o‘tmang. O‘z chegaralaringizni biling.
4.O‘zingizni haddan tashqari qatʼiy muhokama qilmang.
5.O‘zingizning qimmatli quvvatingizni g‘iybatlarga sarflamag.
6.Sergak bo‘lganingizda ko‘proq orzu qiling.
7.Hasad vaqtni behuda sarflash hisoblanadi. Sizda o‘zingizga kerakli barcha narsa bor.
8.O‘tmishdagi muammolarni unuting. Sevgan insoningizni o‘tmishdagi xatolarini eslamang. Bu haqiqiy baxtingizga putur yetkazadi.
9.Nafratlanish uchun vaqt sarflashga umr kamlik qiladi. Boshqalarga nafrat bilan qaramang.
10.Baxtingizga sizdan boshqa hech kim javob bermaydi.
11.Esda tuting, hayot – bu maktab, bu yerda siz uni tushunib yetasiz. Muammolar – shunchaki o‘quv dasturining bir qismidir, ular qaysidir sinfning algebra darsidek paydo bo‘lib, yo‘qoladi, lekin siz bilib oladigan darslar bir umr esda qoladi.
12.Ko‘proq tabassum va kulgi bo‘lsin.
13.Siz har bir bahsda yutib chiqishga majbur emassiz.
Odamlar bilan:
1.Yaqinlaringizga ko‘proq telefon qiling.
2.Har kuni boshqalar uchun qandaydir yaxshilik qiling.
3.Barcha narsani va barcha insonlarni kechiring.
4.Ko‘proq 70 dan oshgan va 6 yoshdan kichiklar bilan vaqt o‘tkazing.
5.Odamlarga kulib boqing.
6.Odamlar siz haqingizda nima deb o‘ylashlari, bu sizning ishingiz emas.
7.Siz bemor bo‘lganingizda ishingiz sizga g‘amxo‘rlik qilmaydi, do‘stlaringiz joningizga oro kiradi. Ular bilan aloqada bo‘ling.
Hayot:
1.Siz uchun foydali, chiroyli va quvonchli bo‘lmagan narsalardan voz keching.
2.Vaziyat xoh yaxshi, xoh yomon bo‘lsin, u albatta o‘zgaradi.
3.O‘zingizni qanday his etishingizdan qatʼiy nazar o‘rningizdan turing, kiyining va yo‘lga tushing.
4.Yaxshisi hali oldinda.
5.Yuragingizning qayeridadir siz baxtlisiz. Shunday ekan, baxtga erishing.
Muxtasam Sulaymonov
Samarqand davlat universiteti
Psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi