Siz “tong sehriga” ishonasizmi? Aslida ko’plab ertalabki odatlarning foydasi haqida ilmiy asoslar bor. Mana, e’tiborga olish kerak bo’lgan ba’zi misollar: olimlarning fikriga ko’ra, ular davolash xususiyatiga ega, quvvat darajasini va kayfiyatni ko’taradi.

    Bir soat erta uyg‘oning

    Olimlarning fikricha, agar siz tunda faol ishlovchi odam bo‘lsangiz, birdaniga o‘zingizni o‘zgartirib ertalabdan faol ishlashga urinmang, bu odatiy hayot tarzingizning keskin o‘zgarishi stressga sabab bo‘lishi mumkin.

    Shu maʼlum bo‘ldiki, ertalab qaysi vaqtda uyg‘onishingiz kun davomida qanday kayfiyatda bo‘lishingizga va o‘zingizni qanday his qilishingizga taʼsir qiladi. Ilmiy natijalarga ko‘ra, uyqu vaqtining ko‘pligidan qatʼiy nazar kechasi faol insonlar kunduzi faol insonlardan ko‘ra ko‘proq depressiyaga uchrash xavfi mavjud.

    Kolorado va Garvard Universiteti olimlari aniqlashicha, ushbu holatni to‘g‘rilash uchun dastlab uyg‘onish vaqtini bir soat oldinga surish yetarli bo‘ladi. Shundan so‘ng, depressiyaga uchrash ehtimoli 23% ga kamayadi. Biroq, uyqu vaqti ham o‘zgarishi kerak, yaʼni bir soat erta uyg‘onish uchun bir soat ertaroq uxlash kerak, shunda oradagi dam olish vaqti meʼyorda bo‘ladi.

    Siz uyg‘onish vaqtini (va shunga ko‘ra, yotishni) qanchalik tez o‘zgartirsangiz, o‘zingizni shunchalik yaxshi his qilasiz. Agar siz jadvalingizni ikki soatga o‘zgartira olsangiz, depressiyani rivojlanish xavfi 40% past bo‘ladi. Kichkina narsadan boshlang, agar asta -sekin o‘zgartirsangiz ertalab faol inson bo‘lish unchalik qiyin bo‘lmasligi mumkin.

 

Davomi bor…