Ertalabki nonushtani o‘tkazib yubormang, zero siz bir kunni behudaga sarfalagan bo’lasiz (mi?)

Ertalabki nonushta hamma uchun ham kunning ajralmas qismi hisoblanmaydi. Kimdir bu taomni o‘tkazib yuboradi, lekin ilmiy dalillar shuni ko‘rsatadiki, bu sog‘liq uchun zararlidir. Ogayo universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, nonushta sog‘liq uchun, ayniqsa, muhim bo‘lgan ozuqaviy moddalarini o‘z ichiga oladi. Nonushtani o‘tkazib yuboradiganlar, odatda, kechqurun ularning o‘rnini to‘ldirishmaydi, chunki nonushtada kaltsiy, C vitamini, D vitamini, ozuqaviy moddalar tolasi bo‘ladi.
Tadqiqot kun davomida ovqatlanishlari haqida xabar bergan 30 mingdan ortiq odamlarning maʼlumotlariga asoslangan. Ishtirokchilarning qariyb 15 foizi nonushta qilishdan bosh tortishdi. Olimlar turli xil tadqiqot guruhlarining ratsionida qanday moddalar boyligini va aksincha, nima yetishmasligini tushunish uchun ovqatlarini ozuqaviy moddalarga bo‘lib chiqishdi. Nonushta qilishdan bosh tortganlarning tarkibida kaltsiy, temir, A, B1, B2, B3, C va D vitaminlari miqdori kam edi. Bundan tashqari, odatda nonushta qilmaydigan odamlarda nonushta qiladiganlarga qaraganda tushlik va kechki ovqatda ko‘proq va kaloriyali mahsulot isteʼmol qilishi maʼlum bo‘ldi. Biroq, buning natijasida zarur moddalarning yetishmaslik darajasi kamaymaydi.
Shunday qilib, tanani kerakli ozuqalar bilan taʼminlash uchun, nonushtani tongning muhim qismi sifatida qabul qilish yaxshiroqdir.