Muvaffaqiyatli insonlar tongni qanday qarshi oladi?

Pozitivlik
Uyqudan vaqtli uyg’onadigan insonlar ijobiy ruhiyatda bo’lish, qat’iyatlilik, muammolarni hal qilish, ijobiy fikrlash qobiliyatlariga egaligi bilan boshqalardan ajralib turishadi. Muammolarni hal qilish istagi, biz uxlayotganimizda, ularni o’rnidan dadil turishga undaydi. Vaqtli uyg’onib, o’zingiz uchun ana shu 25 soatni yarating.
Nonushta
Kunning eng muhim yeguligi, bu — ertalabki nonushta. Yaxshi nonushta qilmaslik natijasida tana kichik energiya hisobiga ishlaydi yoki umuman quvvatsiz qoladi. Olimpiya o’yinlari prezidenti yoki treneri bo’lganingizda nima qilishni istardingiz!
Rejalashtirish.
Bajariladigan ishlar ro’yhatini ko’zdan kechirish uchun eng yaxshi vaqt — ertalab. Oldingizda turgan kunni rejalashtiring. Maqsadingiz tomon qanchalik ilg’orlab boryapsiz? Kunning bu vaqtidan bugungi kunni vizualizatsiya qilish maqsadida foydalaning.
Mashq qilish
Kuningizni qizitib oling! Mashq qilish uchun eng qulay vaqt — ertalab. Ertalabki badantarbiya miyadagi endorfinlarni oshirib, kishida ijobiy kayfiyat uyg’otadi. Hattoki chap tomoningiz bilan turgan bo’lsangiz ham.
Ishga kirishishdan avval mashq qilish ijodiy fikrlashni o’stiradi, energiya va mahsuldorlikni oshiradi.
Uyqu
Uyqu umumiy salomatlik uchun nihoyatda muhim sanaladi. Uyqu vaqtida ong va tana kundalik turmush tashvishlaridan o’z-o’zini forig’ qilish bilan birga u sizning qanchalik samarali o’rganishingiz, ishlashingiz, fikrlashingiz va munosabat bildirishingizga o’z ta’sirini o’tkazadi. Ruhiy va jismoniy salomatligingizni asrab-avaylashga ko’maklashish uchun yetarli miqdorda uxlab olishga ishonch hosil qiling. Baxtga qarshi, uyqu yetishmovchiligi surunkali kasalliklarning kelib chiqish xatarini oshiradi.
Tartibli bo’ling.
Barcha buyumlarning o’z joyi bo’lishi kerak. Bu zaruriyatmi yoki biror bir vazifaga xizmat qiladimi, yo bo’lmasa shunchaki ko’rinish uchunmi?
Motivatsiya.
Tongni hammadan oldin qarshilash kurashning yarmi degani. U raqobatda o’zishingizga yoki hattoki imkoniyat doiralaringizni kengaytirishga motivatsiya bag’ishlaydi.
Sukunat
Uyqudan qancha ertaroq uyg’onsangiz, shuncha sokinlikda bo’lasiz. Bu esa diqqat va e’tibor jamligini talab etuvchi vazifalar uchun eng qulay vaqtdir.