Bugun Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetiga Germaniyaning Mittelhessen amaliy fanlar universiteti professori Klaus Behler va Germaniyaning DAAD tashkiloti kordinatori Baker Farangislar tashrif buyurdi. Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Akmal Axatov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Hakim Xushvaqtov bilan o’tkazilgan uchrashuvda ikki tomonlama manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish, xususan, Samarqand davlat universitetida Mittelhessen amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda “Amaliy fizika” qo‘shma kafedrasini tashkil etish masalasi muhokama etildi.

    Shuningdek, delegatsiya a’zolari Samarqand davlat universiteti fizika fakultetida bo’lib, professor-o’qituvchilar va talabalar bilan uchrashuv o’tkazdi. Samimiy muloqot davomida Amaliy fizika kafedrasini tashkil etishdan ko’zlangan maqsad, ikki tomonlama hamkorlikning yangi davri boshlanayotgani, buning uchun, albatta, professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvi yo’lga qo’yilishi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.