Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti botanika kafedrasi dotsenti Akbar Ahmedov hozrigi kunda Vaysman ilm-fan institutida ilmiy izlanish olib bormoqda.

    Tadqiqot global isish va antropogen omillar ta’siri natijasida o’simliklar qoplamining o’zgarishiga qaratilgan. Bu faktorlarning tabiiy archalar (Juniperus polycarpos var. seravschanica, Juniperus pseudosabina) va bozulbang (Lagochilus spp.) turlariga ta’siri o’rganilmoqda. Buni amalga oshirish uchun Botanik, Gebotanik yondashuvlarni “Isotope ecology-δ13C” kabi yo’nalishlarni integratsiya qilish zarur.

    Cavity Ring Down Spectroscopy (CRDS) usuli va Picarro G2131i orqali 100 yildan ortiq iqlim va dinamik populyatsion ma’lumotlar tahlil qilinmoqda. Olingan natijalar asosida Scopus jurnalida maqola chop etish uchun kerakli materiallar to’planmoqda.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.