Bugun, 13 iyul kuni Samarqandda 39 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda

Samarqand viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.
Viloyatimizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Harorat 25-30 daraja issiq bo‘ladi.