Seminar…

Samarqand davlat universitetiga Rossiya Federatsiyasining “Oliy Iqtisodiyot maktabi” Milliy tadqiqot universiteti Sankt-Peterburg filiali o‘qituvchilari - Lyudmila Veselova va Alyona Korobochkinalar tashrif buyurdi…
“Menejment”, “Sharqshunoslik” va “Afrikashunoslik” magistrlik dasturlari rahbarlari sanalgan ushbu mutaxassislar talabalar, magistrlar va doktorantlarga “Xitoyda iqtidorlilarni boshqarish”, “Zamonaviy Xitoy jamiyatida ayollar rolining o‘zgarishi”, “Markaziy Osiyo mintaqasida Xitoy va Yaponiya hamkorligining rivoji: o‘ziga xos jihatlari, yo‘nalishlar va mintaqa rivojidagi salohiyat” hamda “Markaziy Osiyo mintaqasidagi Rossiya-Xitoy munosabatlari Yaponiya nigohida” mavzularida seminar o’tdi.
Mashg’ulot davomida Sharq mamlakatlari tarixi, ularning bugungi globallashuv jarayonlaridagi iqtisodiy salohiyati, ijtimoiy masalalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berishdi.
Shuningdek, tinglovchilar o’zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat Akramov olgan suratlar.