Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
![](https://www.samdu.uz/upload/cover-images/63bd01ed68163-63bd01ed68165-63bd01ed68166-63bd01ed68167.jpg)
Samarqand davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi H.I. Umurovga!
Hurmatli Hotam Ikromovich!
Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman.
Siz Samarqand davlat universitetida uzoq yillardan buyon samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqdasiz. Xalqimiz Sizni hassos adabiyotshunos, so‘z zargari sifatida yaxshi biladi va qadrlaydi.
Ilmiy va pedagogik faoliyatingiz davomida 12 fan nomzodi, 4 nafar fan doktorlarini tayyorladingiz. Darslik, monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalari, risolalar, o‘quv-uslubiy tavsiyalar, adabiy-tanqidiy maqolalaringiz e’lon qilingan.
Sizning Sharof Rashidov, Hamid Olimjon, Sarvar Azimov, Zulfiyaxonim, Orifjon Ikromovlar hayoti va ijodini keng tadqiq etganingiz, ularning ma’naviy merosini xalqimizga yetkazishdagi xizmatlaringiz alohida e’tirofga sazovor.
Samarqand davlat universiteti jamoasi Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik tilaydi. Alloh umringizga, rizqingizga, kasbingizga baraka bersin.
Rustam XOLMURODOV,
Samarqand davlat universiteti rektori,
O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi,
Oliy Majlis Senati a’zosi.