Qutlov!
Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni A. A. Saidovga!
Hurmatli Aybek Azadovich!
O‘zbekiston Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoniga binoan navbatdagi general-mayor harbiy unvoniga sazovor bo‘lganingiz bilan Samarqand davlat universitetining ko‘p ming sonli jamoasi nomidan samimiy tabriklayman.
Bu - Vatan oldidagi fidokorona, g‘oyatda mashaqqatli, mas’uliyatli va sharafli xizmatlaringiz munosib e’tirofidir.
Prezident va xalq ishonchi muborak bo‘lsin.
Jonajon O‘zbekistonimizning tinchligi, xalqimizning xotirjamligi zamirida Vatan himoyachilarining cheksiz mehnatlari, zahmatlari mujassamdir.
Vatan himoyachilari kuni va yuksak unvon bilan yana bir bor qutlayman.
Rustam XOLMURODOV,
Samarqand davlat universiteti rektori,
O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi,
Oliy Majlis Senati a’zosi.