Bugun Samarqand davlat universiteti boshlang’ich va texnologik ta’lim kafedrasi dotsenti Aburahmon Azimovning tug’ilgan kuni.

    Samarqand davlat universiteti dotsenti Aburahmon Azimov 1946-yil Narpay tumanida tug’ilgan. 77 yoshni qarshi olgan olim 55 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

    Samarqand davlat universiteti jamoasi tug’ilgan kun sohibini samimiy muborakbod etib, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.

 

    Samarqand davlat universiteti

    Faxriylar kengashi.