O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti 2023-2024-o‘quv yili uchun bojxona ishi va yurisprudensiya (iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy ta'minlash) ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul e'lon qiladi!

    Bojxona instituti bojxona ishi va yurisprudensiya (iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy ta'minlash) sohasida kadrlarning bazaviy kasb tayyorgarligini amalga oshiradi. Bojxona institutiga o‘rta va o‘rta-maxsus ma'lumotga ega bo‘lgan: 
 
    - 17 yoshdan 21 yoshgacha (qabul yilida 17 yoshga to‘ladiganlar), shu jumladan 21 yoshda bo‘lgan  harbiy xizmatni o‘tamagan;

    - 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan (shu jumladan 25 yoshda bo‘lgan) harbiy ofitserlar tarkibi unvonlariga ega bo‘lmagan harbiy xizmatchilar yoki harbiy xizmatni o‘tagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tanlov asosida qabul qilinadilar.

    Nomzodlarning bo‘yi o‘g‘il bolalar 165 sm dan (qiz bolalar uchun 160 sm.) past bo‘lmasligi talab etiladi. 

    Nomzodlar o‘zbek, rus va chet tillarini bilishlari tavsiya etiladi.  
Nomzodlar fuqarolik pasporti, tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomasi, o‘qiganlik to‘g‘risida ma'lumotnoma, reyting daftarchasining asl nusxasi yoki kseronusxasini, ishlayotgan bo‘lsa, ish joyidan ma'lumotnoma hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatni shaxsan ko‘rsatadi.

    Bojxona institutiga o‘qishga kirish to‘g‘risidagi arizalar Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 2023-yil 1-aprel kuniga qadar qabul qilinadi. 
    Nomzod quyidagi hujjatlarni topshiradi:
1. Nomzodning arizasi;
2. Pasport, tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxalari;
3. So‘rovnoma, tarjimai hol;
4. O‘qish va so‘ngi ish (agar o‘qiyotgan yoki ishlayotgan bo‘lsa) joyidan tavsifnoma;
5. Nomzodning umumiy o‘rta ta'lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasi (akademik litsey, kasb-hunar kolleji)ni tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi; 
6. Harbiy xizmatga chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi nusxasi;
7. 6 (olti) dona (bosh kiyimsiz 3x4 sm.), 2 (ikki) dona, 12x9 sm. fotosurat.

    Murojaat uchun telefon: (66) 230-42-42 (ichki 66-26)

    Manzil: Samarqand shahar, Bo‘stonsaroy ko‘chasi 85A-uy.