Samarqand davlat universiteti talabasining maqolasi xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholandi…
![](https://www.samdu.uz/upload/cover-images/63e36abc03d80-63e36abc03d84-63e36abc03d85-63e36abc03d86.png)
Samarqand davlat universiteti, sirtqi bo‘lim, inson resurslarini boshqarish yo‘nalishi talabasi Zuhro Habibovaning “HR in Uzbekistan: Navigating the Path to Success in a Rapidly Evolving Business Landscape” nomli maqolasiga AQSH ning Hosslerp ilmiy-tadqiqot instituti professori Martina Mastin yuqori baho berdi.
O‘zbekistonda inson resurslarini natijali boshqarish: muammo va yechimlar... tahliliga bag‘ishlangan maqola mavzusi dolzarb ekanligi alohida taʼkidlangan.
Zuhro Habibovaning maqolasi 2023 yilning ikkinchi yarmida Hosslerp ilmiy-tadqiqot institutining jurnalida chop etiladi.