Bugun Samarqand davlat universiteti nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi o‘qituvchisi Shavkat Umidullayevning tug‘ilgan kuni.
    Shavkat Umidullayev 1961-yil Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida tavallud topgan. 62 yoshni qarshi olgan olim 40 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli xil lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
    Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi Shavkat Umidullayevni samimiy muborakbod etib, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.

 

Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi