Seminar: “AQSh, Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi xalqaro munosabatlar’’
Samarqand davlat universitetiga amerikalik tadqiqotchi Jennefer Tyorner tashrif buyurdi.
Tashrifdan asosiy maqsad Samarqand davlat universiteti faoliyati bilan tanishish hamda “AQSh, Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasidagi xalqaro munosabatlar’’ mavzusida seminar o’tkazishdir.
Tadbirda SamDU tarix, psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar, geografiya va ekologiya fakulteti professor-o’qituvchi va talabalari ishtirok etdi.
Seminar davomida Jennefer Tyorner AQSh, Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlarida yuz berayotgan global muammolar, jumladan iqlim o’zgarishi, ekologiya buzilishi, atrof-muhit muhofazasi va suv tanqisligi bo’yicha fikr mulohazalarini bildirdi.
Ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.