Bugun Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi instituti dotsenti Ilhomjon Subhonqulovning tug’ilgan kuni.

    Ilhomjon Subhonqulov 1954-yil Toyloq tumanida tavallud topgan. 69 yoshni qarshi olgan olim 50 yilga yaqin Samarqand davlat universiteti fizika fakultetida turli xil lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

    Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Ilhomjon Subhonqulovni samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.

 

    Samarqand davlat universiteti
    Faxriylar kengashi