Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
![](https://www.samdu.uz/upload/cover-images/63f04cd2b32de-63f04cd2b32e1-63f04cd2b32e2-63f04cd2b32e3.jpg)
Bugun Samarqand davlat universiteti professori Nurali Muhammadiyev va dotsent Erkin Abdullayevlarning tug’ilgan kuni.
Zoologiya kafedrasi dotsenti Erkin Abdullayev 1940-yil Samarqand shahrida tavallud topgan. 83 yoshni qarshi olgan olim O‘zbekiston Fanlar akademiyasi zoologiya instituti va Samarqand davlat universitetida 55 yildan buyon turli xil lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi mudiri, professor Nurali Muhammadiyev 1955-yil Urgut tumanida tug’ilgan. 68 yoshni qarshi olgan olim Samarqand davlat universitetida 46 yildan buyon bir qator lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi dotsent Erkin Abdullayev va professor Nurali Muhammadiyevlarni samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.
Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi