Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
![](https://www.samdu.uz/upload/cover-images/63f10d21cb556-63f10d21cb558-63f10d21cb559-63f10d21cb55a.jpg)
Bugun Samarqand davlat universiteti maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti o‘qituvchisi Maxsuda Rahmonovaning tug‘ilgan kuni.
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti o‘qituvchisi Maxsuda Rahmonova 1963-yil Payariq tumanida tug‘ilgan. 60 yoshni qarshi olgan olima bir qator maktablarda va Samarqand davlat universitetida 40 yilga yaqin turli xil lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi Maxsuda Rahmonovani samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.
Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi