Bugun Samarqand davlat universiteti genetika va biokimyo kafedrasi dotsenti Svetlana Kanning tug‘ilgan kuni.
    Biologiya fakulteti genetika va biokimyo kafedrasi dotsenti Svetlana Kan  1955-yil Samarqand shahrida tug‘ilgan. 68 yoshni qarshi olgan olima Samarqand davlat universitetida biologiya fakultetida 46 yildan buyon bir qator lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
    Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi dotsent Svetlana Kanni samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.
 
Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi