Samarqand davlat universitetida “Inson huquqlari haftaligi” doirasida ochiq muloqot o‘tkazildi.

    Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari Robaxon Mahmudova, Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov, viloyat sudi raisi Olim Hayitov, viloyat maʼmuriy sudi raisi Tohir Fayziyevlar ishtirok etdi.

    Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov kirish so‘zi bilan ochib, so‘nggi yillarda sud-huquq tizimidagi islohotlar to‘g‘risida to‘xtaldi…

    - Oliy sud organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning aksariyati Samarqand davlat universiteti bitiruvchilaridir. Bu sohada Samarqand davlat universiteti “Alma mater”lik qilmoqda, - dedi Oliy sud raisi birinchi o‘rinbosari Robaxon Mahmudova. – Bu universitetning salohiyati juda yuqoriligidan dalolatdir.

    Tadbir davomida Robaxon Mahmudova SamDU yuridik fakultetining iqtidorli talabalari va faol yoshlarga Kodekslar majmuasi kitoblar to‘plamini sovg‘a qildi.

Samarqand davlat universiteti 
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.