Bugun Samarqand davlat universiteti differensial tenglamalar kafedrasi professori Akram Haydarov va ijtimoiy-iqtisodiy geografiya kafedrasi dotsenti Toshpo’lat Jumaboyevning tug‘ilgan kuni.

    Differensial tenglamalar kafedrasi professori Akram Haydarov va ijtimoiy iqtisodiy geografiya kafedrasi dotsenti Toshpo’lat Jumaboyevlar 1941-yil Samarqandda tug‘ilgan.  83 yoshni qarshi olgan olimlar 54 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

    Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi tug‘ilgan kun sohibini samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.

 

    Samarqand davlat universiteti

    Faxriylar kengashi