Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
Bugun Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi instituti umumiy fizika kafedrasi dotsenti Maysara Salohiddinovaning tug’ilgan kuni.
Fizika-matematika fanlari nomzodi Maysara Salohiddinova 1962-yilda Samarqand shahrida tug’ilgan. 61 yoshni qarshi olgan olima 40 yildan buyon Samarqand davlat universitetida samarali mehnat qilib kelmoqda.
Samarqand davlat universiteti jamoasi tug’ilgan kun sohibini bugungi qutlug’ sana munosabati bilan muborakbod etib, uzoq umr, sihat-salomatlik, xotirjamlik tilaydi.
Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi.