Bugun, 5-may kuni Samarqandda qanday ob-havo kuzatiladi?
![](https://www.samdu.uz/upload/cover-images/6453eb8c6c759-6453eb8c6c75c-6453eb8c6c75d-6453eb8c6c75e.jpg)
Samarqand viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha yetadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq boʻladi.
Viloyatimizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.