Samarqand davlat universiteti olimlari Novosibirsk davlat texnika universiteti tajribalarini o’rganmoqda…
Ayni vaqtda Samarqand davlat universiteti genetika va biotexnologiya kafedrasi mudiri, dotsent Gavhar Dushanova va doktorantlar Sevara Xalilova hamda O'g'iloy Xidirovalar Novosibirsk davlat texnika universitetida biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodimi Yekaterina Litvinova rahbarligida “Bakteriyalarda molekulyar-genetik tahlil” mavzusida malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda.
Dastur davomida olimalarning “Новосибирск Биолабмикс”, “Биосан” ilmiy ishlab chiqarish korxonalari bilan tanishishi rejalashtirilgan.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.