Samarqand davlat universiteti doktorantlari uchun navbatdagi seminar o’tkazildi…
![](https://www.samdu.uz/upload/cover-images/6475d4d5891b5-6475d4d5891b7-6475d4d5891b8-6475d4d5891b9.jpg)
Samarqand davlat universiteti ilmiy tadqiqotlar boshqarmasi boshlig’i, dotsent Dunyobek Xursanov, xalqaro hamkorlik boshqarmasi bo’limi boshliqlari Zarifa Eshmurodova hamda Dilshod Obloqulovlar SamDU doktorantlari bilan uchrashdi.
Seminarda dissertatsiya ishini tayyorlash va unga qo’yilgan talablar, ilmiy maqolalar yozish hamda ularni nufuzli jurnallarda chop etish bo’yicha so’z yuritildi. Shuningdek, xorijiy universitetlarga stajirovkaga yuborish, ilmiy loyiha va grantlarda ishtirok etish bo’yicha batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o’tkazilib, tadqiqotchilar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi. Shuningdek mutaxassislar tomonidan kerakli tavsiyalar berildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.