Samarqand davlat universiteti Pendidikan Sultan Idris universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yadi…
![](https://www.samdu.uz/upload/cover-images/6479e5dc8a52e-6479e5dc8a531-6479e5dc8a532-6479e5dc8a533.jpg)
Samarqand davlat universitetiga Malayziyaning Pendidikan Sultan Idris universiteti prorektori, professor Marzita binti Puteh boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Asosiy maqsad xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, magistratura va doktorantura yo’nalishlarda almashinuv dasturlarini muhokama qilishdir.
Yuqori martabali mehmonlar bilan SamDU xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori, professor Akmal Axatov uchrashuv o‘tkazib, ta’lim sohasiga oid ko‘plab grand loyihalar ustida ish olib borish, davlat stipendiyalarni qo’lga kiritishga alohida e’tibor qaratdi.
Muloqot chog‘ida axborot texnologiyalari, muhandislik, fizika, internet hisoblash, kompyuter grafikasi, sun’iy intellekt, muhandislik texnologiyasi, moliyaviy menejment, iqtisod, ekonometriya, inson resurslarini boshqarish, geografiya, tarix, mexanika, psixologiya va pedagogika kabi bir qator yo‘nalishlarida faol hamkorlik qilishga kelishib olindi. Shuningdek, professor-o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida akademik almashinuv masalalari ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar davomida kelajakda tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash, xalqaro QS, THE reytinglarida bir-birini qo‘llab-quvvatlash kabi istiqbolli fikrlar ilgari surildi.
Ma’lumot uchun, Pendidikan Sultan Idris universiteti dunyoning Top-1000 universitetlar ro’yxatidan o’rin olgan.
Behruz SHAMSIDDINOV
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.