Bugun Samarqand davlat universiteti dotsenti Xoliqul Nazarovning tavallud topgan kuni.

    Boshlang’ich va texnologik ta’lim kafedrasi dotsenti  Xoliqul Nazarov 1943-yil Paxtachi tumanida tug’ilgan. 80 yoshni qarshi olgan olim 58  yildan  Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

    Samarqand davlat universiteti jamoasi Xoliqul Nazarovni samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvaffaqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.

 

    Samarqand davlat universiteti
    ​Faxriylar kengashi