Bugun Samarqand davlat universiteti analitik kimyo kafedrasi katta o’qituvchisi Qodir Murodovning tug’ilgan kuni.

    Kimyo fanlari nomzodi Qodir Murodov 1954-yilda tug’ilgan. 69 yoshni qarshi olgan olim 45 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda samarali mehnat qilib kelmoqda. 

    Samarqand davlat universiteti jamoasi tug’ilgan kun sohibini bugungi kun munosabati bilan tabriklab, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi. 

 

Samarqand davlat universiteti 
Faxriylar kengashi.