Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti talabalari Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani hududidagi Zarafshon tog‘ tizmasining janubiy-g‘arbiy yon bag‘rida joylashgan  “Kitob-geologiya milliy tabiat bog’i” da  umumiy geologiya, strukturaviy geologiya, minerologiya, kristallografiya, paleontologiya va stratigrafiya fanlaridan dala amaliyotini o‘tashdi.

    Amaliyotda soha mutaxassislari va kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan alohida ilmiy va madaniy qimmatga ega tabiiy obyektlar, paleontologiya, litologiya va biologiya muzeylari bilan tanishtirilib, bog‘ hududida joylashgan ekzogen geologik jarayonlar, ya’ni ko‘chkilar va maydonda o‘tilgan tog’ inshootlari va lahimlar haqida ma’lumot berildi.

    Bundan tashqari bo‘lajak geologlar xalqaro etalon hisoblanadigan Zinzilbon kesmasidagi quyi devon Emss chegarasi Madmon va Xo‘jaqo’rg’on svitalari, undagi fauna hamda floralar,  geologik qatlamlar, strukturalar, ko‘chkilar to‘g’risida va  ularning paydo bo‘lish tarixi to‘g’risida ma’lumotlar berildi. Talabalar dala sharoitida geologik kompas  va JGS qurilmalaridan foydalanish hamda ularni geologik xaritalarda qo’llash ko‘nikmalariga ega bo’ldilar.

    Shuningdek, Hisor geologiya qidiruv ekspeditsiyasida bo‘lib, korxona faoliyati va O‘zbekistondagi ma’danli va noma’dan konlari to‘g’risida kafedra professor-o‘qituvchilari hamda korxona xodimlari tomonidan tushuntirishlar olib borildi. Korxona muzeyidagi minerallar va tog‘ jinslari namunalari bilan tanishtirildi.

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.