Samarqand davlat universiteti olimi Amazon AWS akademiyasining a'zoligiga qabul qilindi…
Samarqand davlat universiteti sun'iy intellekt va axborot tizimlari kafedrasi mudiri Fayzullo Nazarov, o’qituvchi Sherzodjon Yarmatov va IT-Markaz boshlig'i Asliddin Sayidqulov Hindistonning Galgotias universitetida stajirovka o'tamoqda.
Yosh olimlar stajirovka davomida raqamlashtirish va sun'iy intellektni joriy qilish, dasturiy mahsulotlarni yaratishda Hindiston tajribasini o'rganish, talabalarning Startap va amaliy loyihalarini rivojlantirish, kompyuter texnologiyalari fanlarining mazmuni va sillabuslarini transformatsiya qilish jarayonlarini o'rganmoqda.
Fayzullo Nazarov dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri Amazon AWS akademiyasining a'zoligiga qabul qilindi va AWS akademiyaning Samarqand davlat universitetidagi vakili bo'ldi. Shuningdek, Sherzod Yarmatov va Asliddin Sayidqulov AWS Academy Graduate - AWS Academy Cloud Foundations bitiruv kurslarini muvaffaqiyatli tugatib sertifikatlarga ega bo'ldi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.